Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Jasur Gaipov sirli mini konsert berdi
Iyul oyining ikinchi yarmida Jasur G'oyipov ko'pchilikning talab va istaklariga binoan o'zining eng ashaddiy muxlislari va yaqinlari uchun yopiq kichik konsert dasturini taqdim etdi.

Qayerda va aynan qachon bo'lib o'tgani ommaga ma'lum qilinmagan bu konsertga muxlislar faqatgina taklifnoma bilan tashrif buyurishdi. Ma'lumotlarga qaraganda dasturda Jasur G'oyipovning barchaga tanish qo'shiqlari bilan bir qatorda hali premyera qilinmagan yangi taronalari ham jarang sochgan. Eng quvonarlisi tomoshabinlar orasida boshqa millat vakillarini ham uchratish mukin edi.

Mini konsert dasturi barchada yorqin taassurotlar qoldirdi, deb ayta olamiz. Tez kunlarda konsert dasturining video talqinini saytimiz hamda Rizanova tarmog'i orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Konsertdan Jasur G'oyipovning o'nta qo'shig'i joy olgan bo'lib, bugun saytimizda mazkur dasturdan kichik parcha taqdim etiladi.

Xonanda, bo'lib o'tgan mini dastur orqali o'zining yangi yakkaxon konsertiga tayyorgarlik ko'rdimi yoki bu katta ishga qo'l urishdan oldingi sinovmidi? Bu borada xonandaning o'zi qanday fikrda? Shular haqida tez kunlarda saytimiz orkali xabar beramiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 18.08.2014 / 23:33
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™