Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ulug'bek Rahmatullayevning "Meni kechir" taronasi prem’erasi 3-yanvarda
2013-yilni juda ham omadli o’tkazgan estrada xonandasi Ulug’bek Rahmatullaev 2014-yilni ham ko’tarinki kayfiyatda boshlamoqda. Yilning ilk prem’eralaridan bo’lib, Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi "Meni kechir" taronasini qarshi olishingiz mumkin.

2014-yil 3-yanvar sanasida o’zbek estradasining yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaev o’zining "Meni kechir" nomli yangi qo’shig’ini keng ommaga taqdim etadi. Barcha radioto’lqinlar uzra jarang sochishi kutilayotgan mazkur taronani ilk tinglovchisiga aylanish imkoniyati sizda mavjud. Shunday ekan, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Mazkur taronaga rejissor Yodgor Nosirov tomonidan klip ham suratga tushirildi. Tez kunda ushbu klipni ham qarshi olishingiz mumkin bo’ladi.

Manba: www.shou-biznes.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:44
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™