Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
"Qizlarning jaxli chiqdi” filmining namoyishi bo'lib o'tdi
Kuni kecha rejisser Ilhom Muxammadibrohimovning yangi “Qizlarning jahli chiqdi” filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Unda kino ijodkorlari, san'at vakillari, OAV xodimlari hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Ssenariy muallifi Madina Yuldosheva hamda sahnalashtiruvchi tasvirchi Bobur Yuldoshevlar tomonidan suratga olingan ushbu film ayollarning jaxlini chiqaradigan, jig'iga tegadigan holatlardan kelib chiqqan muammolar haqida hikoya qiladi. Voqealar tajribasiz psixolog Qunduzxonning trening jarayonlarida avjiga chiqadi. Qatnashchilar oilaning mustahkamligiga erlarni jazolash bilan erishishni afzal qo'rishadi va Qunduzxon boshchiligida xujumga otlanishadi.

Bir yil tayyorgarlik qo'rilgan kartinada aktyorlardan Akbarxo'ja Rasulov, Xabib Ortiqov va debyutant ijodkor Xusan Rashidov ishtirok etishdi. Aktrisalardan esa Zarina Nizomiddinova, Nargiza Salmonova, Feruza Sobitova, Muqaddas Sa'dullaeva, Bahora Arslonova va boshqalarni ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, kartinada yangi yuzlar ham ekranga chiqdi. Komedik janrdagi bu film bir nechta hazil-mutoyibaga boy qisqa hikoyalardan iborat.

Mazkur kino asarni siz 28-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish imkoniga egasiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 29.12.2016 / 19:30
Bosh sahifaga
© 2014-2017, Yulduz.Asia™
waplog