Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
“Bir muhabbat qissasi” hammasi endi boshlanadi
Bir necha kun oldin serqirra ijodkorlar Sarvar va Komil “Ayt” nomli videoklipini taqdim qilgan edi. Judayam qisqa fursatda tomoshabinlarni o'ziga jalb qilgan bu klip barchaga xush kelmoqda. Birgina Youtube.com videoxostingidagi Rizanova kanaliga nazar soladigan bo'lsak, deyarli bir hafta mobaynida 240 mingdan ortiq muxlislar mazkur klipdan bahra olishgan.

Sarvar va Komilning instagram ijtimoiy tarmog'ida qoldirgan ma'lumotlariga qaraganda klipni davomi bor. Hammasi endi boshlanadi. Qiziq bu klipning ikkinchi qismida voqealar rivoji qanday tus oladi? Bosh qahramonlar taqdirichi? Ayni damda ko'plab tomoshabinlar klipning ikkinchi qismini intizorlik bilan kutishmoqda. Yanvar oyining birinchi yarmida namoyish etilishi rejalashtirilgan ushbu ijod mahsulini albatta saytimiz orqali tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz.

Eslatib o'tamiz, 15-16-fevral kunlari “Istiqlol” san'at saroyida Sarvar va Komilning “Bir muhabbat qissasi” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi o'tkaziladi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 29.12.2016 / 19:31
Bosh sahifaga
© 2014-2017, Yulduz.Asia™
waplog