Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
Nilufar Usmonova hamda Gipsu Kings’dan kutilmagan loyiha – “Baila soledad”
Estradamiz yulduzi Nilufar Usmonova yaqindagina “Kel ikkimiz” deb nomlangan yangi qo'shig'i va klipini taqdim etgan edi. Qisqa fursat ichida bu qo'shiq va klip ham avvalgilari kabi muxlislar qalbiga kirib bordi va xalqimiz orasida shiddat bilan ommalashdi.

Har bir yaratgan ijod mahsuliga o'zgacha yondashadigan va o'z muxlislarini hayratlantirishni qoyillatadigan xonanda bu safar yana bir kutilmagan yangi loyihaga qo'l urdi. Bu loyiha Gipsu Kings guruhining solisti Manolo y los Gipsy bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Gipsu Kings taniqli va jahonga mashxur guruhlardan biri hisoblanadi. Bu guruhning mahoratli solistlaridan biri Manolo y los Gipsy estradamiz xonandalari ichida Nilufar Usmonova bilan duet kuyladi. Ayni damda poytaxtimizda mehmon bo'layotgan bu ijodkorlar bilan uchrashish imkoniga ega bo'ldik va suhbat davomida o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Bu qo'shiq haqida ma'lumot bersangiz...
- Bu qo'shiqni o'zim yozganman. So'zi, musiqa muallifi ham o'zim. Ushbu taronani bir yil oldin yozganman. Toshkentga gastrol safari sababli tashrif buyurdik va bu qo'shiqni sizlarning mashxur xonandangiz bilan birgalikda ijro etdik. Uning ismi Nilufar.

- Nima uchun duetdoshingiz aynan Nilufar Usmonova?
- Chunki, men uning ovozini ilk bor eshitganimda lol qoldim. So'ng Nilufar bilan tanishishga oshiqdim. Uni qidirib topdim va ilk bor u bilan Moskva shaxrida uchrashdim. Suhbatimiz davomida u bilan birgalikda qo'shiq aytish taklifini bildirdim. U taronani tingladi va rozi bo'ldi. Bugungi kunga kelib esa taronani ijro qilib, unga klip tasvirga oldirishga ham ulgurdik.

- Oldin mana shunday xonanda borligini bilganmisiz? Uni Primadonna Yulduz Usmonovaning qizi ekanidan xabaringiz bormidi?
- Yo'q, bu xonanda haqida eshitmaganman. Biroq sizning primadonnangiz, uning ijodi borasidaeshitganman. Lekin, Nilufar uning qizi ekanligini bilmas edim.

- Nilufar Usmonovaning iste'dodiga qay darajada baho berasiz, bu ijodkor haqida fikrlaringiz?
- Nilufar juda maftunkor va samimiy qiz. U juda iste'dodli xonanda. Ijrosi ham o'zgacha. Shunday bo'lsa-da, meni ko'proq hayratlantirgan uning ovozi.

- Bu qo'shiqqa klip ham olindi. Nima deb o'ylaysiz, bu klip jahon sifati darajasida suratga olindimi? Sizga tasvirga olish guruhining ish uslubi qanchalik yoqdi?
- Bu klipni biz proffessional darajada suratga oldik. U dunyo miqyosi talabiga javob beradi. Shuning uchun uni qo'rqmay dunyoning istalgan joyida namoyish qilsak bo'ladi. Shuningdek, nafaqat sizning yurtingizda, balki, dunyoning bir nechta davlatlarida ham premera qilinadi. Ijodiy guruhga keladigan bo'lsak, ular juda mahoratli. Ular bilan ishlash juda maroqli kechdi.

- Hamkorlikda davom ettirish niyatingiz bormi?
- Albatta. Biz allaqachon ikkinchi duet ustida ham ish boshladik. Nilufar bilan hamkorlikda uzoq yillar davomida olib borish istagimiz bor. Qolaversa, Nilufarga birgalikda yangi albom yaratishni ham taklif qildim. Unda faqat ikkimiz ijro etgan qo'shiqlar o'rin oladi. Toshkentga keyingi tashrifim chog'ida Nilufar bilan birga kontsert dasturini taqdim etish istagim ham bor. So'zim so'ngida O'zbekistonning barcha aholisini yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Yangi yil yurtingizga baraka olib kelsin va mana shunday har doim gullab yashnasin. Bayram muborak!

“Baila soledad” deb nomlangan bu qo'shiq ispan tilidan tarjima qilinganda “Yolg'izlik raqsi degan ma'noni bildiradi. Mazkur tarona va klip yangi yilning ilk haftasida premea qilinishi ko'zda tutilgan. Klip rejissyori Sarvar Isaev. Trek janridagi mazkur video asarni suratga olish jarayonidan taqdim etilgan fotosuratlarni tomosha qiling.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2016 / 20:38
Bosh sahifaga
© 2014-2016, Yulduz.Asia™
waplog