Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
Ulug'bek Halikovdan navbatdagi tarona - “Nimasi bu”
Yosh va iste'dodli xonanda Ulug'bek Halikov o'z repertuaridagi qo'shiqlar safiga yana birini qo'shib qo'ydi. “Nimasi bu” deb nomlangan bu kompozitsiya bugun ilk bor radioto'lqinlar orqali jarang sochdi. Tinglovchilar tomonidan ijobiy fikrlar bilan qarshi olingan musiqiy asar sho'x va raqsbop bo'lib, xonanda muxlislarini befarq qoldirmasligi aniq.

Tarona mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, so'zi Shahboz va Navro'z qalamiga mansub. Musiqasini esa xonandaning o'zi bastalagan. Aranjirovkasi Jamshid Abdunazarov tomonidan amalga oshirilgan.

Bu hali hammasi emas. Ulug'bek Halikovning bu taronasi uchun videoklip ham tasvirga olingan bo'lib, ayni damda klip ustida montaj ishlari olib borilmoqda. Jasur Shametov rejissyorligida yaratilayotgan bu klip Xivada suratga olingan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.01.2017 / 20:15
Bosh sahifaga
goaluz goaluz goaluz goaluz
© 2014-2017, Yulduz.Asia™
waplog