Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Goal Uzbekistan - Telegram kanali
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
Rayxon qalbaki chiptalar haqida ogohlantirdi
Estradamizning beqiyos yulduzi Rayxon hozirda fevral oyida bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturiga katta tayyorgarlik ishlari bilan band. U konsert dasturi arafasida muxlislarini qalbaki taklifnomalar sotuvi borasida ogohlantirdi. Xonanda instagram ijtimoiy tarmog'ida qoldirgan ma'lumotlarga ko'ra, 27-dekabr kuni “Istiqlol” san'at saroyi xodimlari saroy yonida sotilayotgan qalbaki taklifnomalarni olib qo'yishgan.

Qayd etish joizki, bu kabi holat avvalgi yillarda ham kuzatilgan. Rayxon qalbaki taklifnoma suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirar ekan, taklifnomalar sotuvda yo'qligini va bunday taklifnomalar bilan konsertga kirish man etilishini alohida ta'kidlab o'tdi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 09.01.2017 / 20:07
Bosh sahifaga
goaluz goaluz goaluz goaluz
© 2014-2017, Yulduz.Asia™
waplog