Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
Shohruhxondan uzoq kutilgan - “Parizod”
Estradamizning yorqin yulduzi Shohruhxon fevral oyida bo'lib o'tadigan yakkaxon konsert dasturiga katta tayyorgarlik ko'rayotgani barchaga ma'lum. Mazkur konsertda kuylanishi lozim bo'lgan qo'shiqlarni ham deyarli tayyorlab ulgurmoqda. Aynan mana shu konsert dasturidan munosib joy egallashi kutilayotgan “Parizod” qo'shig'i ham jular jumlasidandir. Xonanda mazkur kompozitsiyani bugun muxlislari e'tiboriga havola etishga qaror qildi. Ustoz san'atkor Muhriddin Holiqovning repertuaridan bo'lgan mazkur qo'shiqni yangicha talqini sizlarga manzur kelishiga ishonamiz.

Qo'shiq mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, tarona muallifi Muhriddin Holiqov. Yangi talqinini aranjirovkasi esa Jasur Badalboyev tomonidan amalga oshirilgan. Musiqasi ustida esa Farrux Badalboyev ishlagan.

Eslatib o'tamiz, bu qo'shiqqa videoklip ham tasvirga olingan va u tez kunda xalqimizga namoyish etiladi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 09.01.2017 / 20:08
Bosh sahifaga
© 2014-2016, Yulduz.Asia™
waplog