Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
“Benom” guruhi yigitlari film suratga oldi
Yarim yilcha vaqt davomida ijod sahnasida ko‘rinmay qolgan “Benom” guruhi yigitlari Sarvar va Komil yangi film yaratgani haqida “Sayyod” nashri ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, filmning ishchi nomi “Yurak yig‘lar” bo‘lib, bosh rollarda Sarvar va Komilning o‘zidan tashqari, Zarina Nizomiddinovani ham ko‘rish mumkin. Kartina g‘oyasi va ssenariysi ham yigitlarga tegishli. Uni suratga olish ishlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, film “ikki o‘t orasidagi muhabbat haqida so‘zlaydi”. “Benom” guruhining yangi ijodiy qirrasi mahsuli tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Ta’kidlash joiz, Sarvar va Komil qo‘shiq kuylashdan tashqari, ularga she’r yozish va kuy bastalash bilan ham shug‘ullanadi. Shu vaqtgacha o‘zbek estradasidagi ko‘plab yorqin yulduzlar, jumladan Shahzoda va Lola ularning xizmatidan foydalangan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:12
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™