Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Sarvar va Komil "Chunki bu biz" trilogiyasining birinchi qismini taqdim qildi
Serqirra ijodkorlar Sarvar va Komil va'daga muvofiq, 1-mart kuni uch qismdan iborat bo'lgan yangi muhabbat qissasi, "Chunki bu biz" trilogiyasining birinchi qismi, "Eslamading" videoklipini taqdim qildilar.

Trilogiya g'oyasi muallifi Sarvar va Komil, klip ssenariy muallifi va rejissyor Jamshid Hojiniyozov. Bosh rol ijrochilari Oybek Muqimov va Nargiz. Mazkur trilogiya "Shoxona Creative Group" hamda "Benom Media" tomonidan suratga olingan.

"Eslamading" videoklipining boshqalaridan farqi shundaki, unda animatsiya effekti qo'llanilgan bo'lib, klipda Ali va Guli ismli yigit va qiz orasidagi do'stlik, muhabbat rishtalari ularni qanday hayotiy jumboqlarga yetaklagani tasvirlangan.

Qiziq, bu safar trilogiya qanday yakun topadi? Yigit va qiz orasidagi munosabat do'stlikmi yoki do'stlik ortidagi kuchliroq his- tuyg'umi? Bu savollar albatta trilogiyaning 2- va 3-qismlarida o'z javobini topadi.

Darvoqe, 1-2-may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida Sarvar va Komilning "Chunki bu biz" deb nomlangan kinokonserti bo'lib o'tishini eslatib o'tar ekanmiz, ijodkorlarga navbatdagi imtixondan doimgidek a'lo natijalar bilan o'tib olishlarini tilab qolamiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 05.03.2018 / 20:44
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™