Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Sardor Rahimxondan uchta tarona premyerasi
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon ijodiy yangiliklari haqida yaqindagina habar bergan edi. Muxlislarini kuttirishni istamagan xonandaning "Mehr" deb nomlangan albomi 2 martdan sotuvga chiqdi.

Shu bilan birga u, shu kunning o'zidayoq 3 ta yangi taronasini omma e'tiboriga havola qildi. Musiqiy asarning birinchisi "Yaxshilik" deb nomlangan bo'lib, Dilshod Ahmadshoh muallifligida yaratilgan. Ikkinchisi "Sanamjon"ning rus tilidagi talqini bo'lib, qo'shiq "Принцесса Лейли" deb nomlangan. Uchinchisi kompozitsiya esa "Папа".

Taqdim etilgan "Mehr" albomida jami 21 ta tarona joy olgan bo'lib, ular qatorida ushbu yangi qo'shiqlar ham o'rin egallagan. O'ylaymizki, yangi albom va kompozitsiyalar muxlislar uchun munosib tuhfalardan biri bo'ladi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 05.03.2018 / 20:48
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™