Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Davron Ergashevdan kutilmagan qo'shiq va klip
Xushovoz xonanda Davron Ergashevning yangi kutilmagan qo'shig'i yurtimizning yetakchi radioto'lqinlari uzra jarang sochdi. Tinglovchilar tomonidan iliq qarshi olingan musiqiy asar "Muhabbat" deb nomlanadi.

Tohir Muhammad so'zi, Furqat Bobojonov musiqasi va aranjirovkasi bilan yaratilgan kompozitsiya xalqimiz orasida ommalashib, muxlislarning sevimli qo'shig'iga aylanishiga umid qilamiz.

Bu hali hammasi emas. Davron Ergashev mazkur tarona uchun videoklip ham tasvirga oldirgan. Klip ham qo'shiq bilan birga namoyish qilindi.

Video asar Xurshid va Nodir Sobirovlar rejissyorligida tasvirga tushirilgan. Operator Rustam Murodov.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 05.03.2018 / 21:04
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™