Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Bunyodbek Saidovning konsertida qanday sovg'alar kutilmoqda?
Nafaqat Xorazmda, balki butun O'zbekistonda o'z qo'shiqlari bilan shuhrat qozongan Bunyodbek Saidov, bir necha yildirki, poytaxtimizdagi muhtasham "Istiqlol" san'at saroyida o'zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etib keladi.

Xonanda joriy yilda ham "Ustozlarni eslab" nomli navbatdagi konsert dasturini namoyish etadi. Sir emaski, konsert aprel oyining 17-18-kunlari bo'lib o'tadi. Ayni damda Bunyodbek Saidov va uning ijodiy jamoasi dasturga katta tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, konsertda mehmon san'atkorlar ham bo'ladi. Ulardan biri Shukrullo Isroilov bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek ustoz san'atkor Komiljon Otaniyozovning 100 yillik yubileyiga bag'ishlangan qo'shiqlar ham ijro etiladi. Qolaversa, xonandada shoir Muhammad Yusufning ijodiga ham katta qiziqish uyg'ongan. Ularning yozgan she'r bilan yangi "Birinchi bo'sa" nomli qo'shiqni ham yozishni boshlab yuborishgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 05.03.2018 / 21:05
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™