Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Manzuradan uzoq kutilgan videopremyera - "Oyijonim"
Qisqa fursatda minglab muxlislarni yuragiga kirib borgan Manzura ijrosidagi "Oyijonim" qo'shig'i uchun videoklip ham tasvirga olingan edi. Trek va syujetdan iborat bo'lgan mazkur videoklip omma e'tiboriga namoyish etildi.

Juda ham ta'sirli voqea aks etgan klipda bosh rollarni Shahlo Temirova, Shoxrux Hamdamov, Lutfulla Sa'dullayev, Muqaddas Sa'dullayevalar ijro qilishgan.

Klip rejissyori mahoratli klipmeyker Dilmurod Agzamov. Tasvirchi Rustam Murodov.

Mazkur klipdan so'ng, qo'shiqning muxlislari yanada ortsa ajab emas.

Xonandaning xalqimizga tayyorlayotgan sovg'alari bisyor. Ulardan biri Ozarbayjon xonandasi Terlan Novxani bilan kuylangan "Xiyonat etmadim" duetidir. Xabaringiz bor, mazkur duet uchun hozirda Bokuda videoklip suratga olinmoqda.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 05.03.2018 / 21:08
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™