Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
“Oppoq orzular” filmining premyera kuni ma'lum bo'ldi
Rejissyor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” deb nomlangan filmining premyerasi 28-mart kuni bo'lib o'tadi.

Bir yildan ortiq vaqt davomida suratga olingan mazkur kartinada bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirovalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova, Behzod Hamroyev, Malika Jo'rayeva singari mahoratli aktyor va aktrisalar jamoasi jamlangan.

Mikoyil Suleymanov ssenariysi asosida suratga olingan “Oppoq orzular” filmining premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo'lib o'tadi. Mazkur film Anvar Sobirovning kinodagi olti yillik tanaffusdan keyingi ilk filmidir. Anvar Sobirov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga “Va nihoyat 378 kunlik mehnat nihoyasiga yetdi, bu mehnatga munosib baho berish siz aziz muxlislar hukmiga havola”, deya izoh qoldirgan.

“Oppoq orzular” filmning keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan premyerasiga film ijodkorlari katta tayyorgarlik ko'rmoqda. Kartinani 29-martdan boshlab Alisher Navoiy nomli kino saroyida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 12.03.2018 / 19:34
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™