Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Maftunkor Shahzodadan navbatdagi xit tarona
Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda navbatdagi, xit bo'lishi kutilayotgan qo'shig'i bilan muxlislarini xushnud qildi. “Aldagan sen” nomli mazkur musiqiy asar ilk jarangidayoq iliq va ijobiy fikrlar bilan kutib olindi.

Tarona Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yozilgan.

Shahzoda va uning ijodiy jamoasi kompozitsiya uchun videoklip suratga oldirishga ham ulgurishdi. Video asar g'oyasi xonanda Shahzodaga tegishli bo'lib, Jamshid Hojiniyozov muallifligidagi ssenariy asosida tasvirga tushirildi.

Klip rejissyorlari ham Benom guruhi vakillari Sarvar va Komil. Tasvirchi Begzod Po'latov. Unda bosh rollarni Yulduz Rajabova va Adiz Rajabov ijro qilishgan.

Yaqin kunlarda omma e'tiboriga namoyish etilishi rejalashtirilgan bu klip xalqimizni yana bir karra hayratlantirishi tabiiy.

Hozircha qo'shiqni tinglang va fikr-mulohazalaringizni bildiring.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 12.03.2018 / 19:36
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™