Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nilufar Usmonovadan uzoq kutilgan videopremyera - “Asraydi”
San'atimizning yorqin yulduzi Nilufar Usmonova ham bayram kuni xalqimizni yangi ijod namunasi bilan qutladi. Uning uzoq kutilgan va barchani birdek qiziqtirgan “Asraydi” qo'shig'i va videoklipi bayram sovg'asi sifatida yurtimizning yetakchi radioto'lqinlari teleekranlari orqali taqdim qilindi. Qo'shiq sokin ohanglar ostida ijro qilingan bo'lib, yurak yurakka kirib boradi.

Musiqiy asar marhum san'at vakili, shoir, rejissyor va aktyor Shuhrat Nuraliyevning xotirasiga bag'ishlangan. Tarona so'zlari ham uning qalamiga mansub. Qo'shiqning musiqasi va aranjirovkasi ustida Jasur Abdurag'monov ish olib borgan.

Klip rejissyori Sarvar Isaev. Videoklip qahramonlari Adiz Rajabov va Shahzoda Matchanova. Nilufar Usmonova tomonidan taqdim etilgan mazkur qo'shiq va videoklip muxlislar uchun munosib bayram sovg'alaridan biri bo'ldi.

O'ylaymizki, ushbu ijod mahsli tomoshabinlarga yoqadi va ularning qalbidan alohida joy egallaydi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 12.03.2018 / 19:37
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™