Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Shahzodadan navbatdagi videopremera - "Aldagan sen"
Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda yaqindagina “Aldagan sen” deb nomlangan taronasini taqdim qilgan edi. Qisqa fursatda o'z tinglovchilarini topib ulgurgan qo'shiq uchun videoklip tasvirga olingani haqida ham ma'lum qilgan edik. Bugun mazkur videoasar omma e'tiboriga namoyish etildi.

Takrorlanmas g'oya asosida suratga tushirilgan klip tomoshabinlarni o'ziga rom etishiga shubhamiz yo'q. Unda syujet ham musiqiy asarga monand yaratilgan. Klipda bosh rollarni Adiz Rajabov va Yulduz Rajabovalar ijro qilgan.

Ijodiy jamoa haqida to'htaladigan bo'lsak, qo'shiq muallifi va rejissyorlar Sarvar va Komil. Ssenariy muallifi Jamshid Xojiniyozov. Klip xonanda Shahzodaning g'oyasi asosida suratga olingan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 12.03.2018 / 19:39
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™