Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Dizayn guruhining yangi konserti
Yulduz Usmonovaning “Sen va men uchun” nomli konsertidan batafsil
O'zbekiston xalq artisti, elimiz suygan ustoz san'atkor Yulduz Usmonovaning joriy yildagi “Sen va men uchun” nomli jonli ijrodagi yakkaxon konsert dasturi 10-mart kuni start oldi. Anshlag tarzda boshlangan konsert juda ham fayzli, maroqli va muvofaqqiyatli bo'ldi. Konsertga yurtimizning har bir go'shasidan muxlislar tashrif buyurishdi. Zal tomoshabinlar bilan liq to'la. Tik turib tomosha qilganlarni ko'rasiz-u birorta bo'sh joy topa olmaysiz. Konsert 3 qismdan iborat bo'lib, 2.5 soat davom etdi.

Dastur “Hayot shunaqa” qo'shig'i bilan boshlandi. So'ng “Bu tog'lar”, “Sevgi tangosi” taronalari bilan davomlandi. Yulduz Usmonova har bir yaratgan qo'shiqlariga alohida to'xtalib ta'rif berar ekanlar, qo'shiqni tinglab, ular aytgan so'zlar, qo'shiqdagi jumlalar, naqadar hayotiy ekanini anglaydi kishi. Buni tushungan tomoshabinlar esa davomiy qarsaklar bilan konsert davomida olqishladilar. Dastur “Do'stlarim” deb nomlangan yana bir yangi qo'shiq bilan davomlandi. “Sado ber yor” kompozitsiyasiga ulangan dasturga qo'shiq raqsida bo'lgan Halimaxonim va ularning ko'hlikkina do'mboq qizlari ijrosidagi raqs yana fayz berdi.

Usmon Azim she'ri bilan yaratilgan “O'tib borar” qo'shig'i esa tomoshabinlar etini jimirlatti. Ikkinchi qism esa “Sen va men uchun” qo'shig'i bilan boshlandi. “Tut qo'limdan”, “Bevafo”, “Uyg'urcha” qo'shiqlari ketma-ket ijro etilganidan so'ng, “O'rtar” taronasini kuyladilar. Bu qo'shiqda san'atimiz tarixiga tamal toshini qo'ygan buyuk san'at vakillari nomi yodga olingan bo'lib, musiqiy asar bevosita ularning xotirasiga bag'ishlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shundan so'ng “Yori dil”, “Sada rayxon” qo'shiqlari ijro qilindi. Ikkinchi qism yakunida qiziqchi Shukurillo Isroilovga navbat berildi.

Ular konsertga tashrif buyurganlarning kkayfiyatiga kayfiyat qo'shib, kulgu va tabassum ulashdilar. Uchinchi qism esa “Regiton” qo'shig'i bilan boshlandi. “San-san”, “Baliq ovi” ketma ket kuylandi va “Xasta bo'lma” nomli sevgan yorimizga bag'ishlangan qo'shiq esa qmuxlislar qalbiga muhabbatni qayta olovlantirdi. So'ngra maxsus va betakror Popuri kuylandi.

Unda xonandaning san'atga kirgan ilk kezlarida ijro qilgan qo'shiqlaridan tortib, bugungi kungacha ijro qilgan taronalaridan parchalar o'rin olgan. Lezginka bilan davomlangan dasturga “Shokolad” qo'shig'i yakun yasadi. Har bir qo'shiq uchun maxsus raqs sahnalari tayyorlangan bo'lib, ijro etilgan raqslardan tomoshabinlar ko'zi quvnadi. Takrorlanmas va yuqori saviyadagi konsert 24 martgacha davom etadi. Yulduz Usmonova va ularning ijodiy jamoasiga kuch-quvvat va omad tilaymiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 12.03.2018 / 19:40
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™