Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Dizayn jamoasi yangi konserti kunlarini ma'lum qildi
Ichakuzdi hangomalari-yu turli mavzudagi hazillari bilan xalqimiz qalbini zabt etgan Dizayn jamoasi ma'lumki har yili dekabr oyida o'zining qaynoq konsert dasturi bilan muxlislarini xursand qiladi.

Joriy yilda ham an'anaga sodiq qolgan holda qishning izg'irinli kunlarida, muxlislar qalbiga yozning issiq taftini his ettirishni istab, yangi konsertga qo'l urishdi.

4-dekabrdan 11-dekabrgacha "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida Dizayn jamoasi barcha kulgu shinavandalarini navbatdagi konsert dasturiga taklif etadi.

Har yili yangi yangi hazillari bilan tomoshabinlarni lol qoldiradigan jamoa, bu yil qanday sovg'alar tayyorlayotgan ekan. Bunga barchamiz birgalik konsertda guvohi bo'lamiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 02.10.2018 / 19:36
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™