Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Rossiyalik taniqli xonanda "Scorpion" filmi uchun saundtrek kuyladi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinayotgan "Scorpion" filmi yaqin kunlarda premyera qilinishi rejalashtirilgan. Uzoq vaqt davomida suratga olingan film hali katta ekranlarga chiqmasidanoq shov-shuvlarga sabab bo'ldi.

Avvaliga mashxur turk aktyori Murat Yildirimning ushbu kartinada rol ijro etayotgani barchani hayratlantirdi. Endi esa film uchun Rossiyalik taniqli xonanda Valeriya mazkur kartina uchun saundtrek kuyladi. Qo'shiq "Возьми мою руку" deb nomlanadi.

Film rejissyori Muxlisa Azizovaning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan izohlariga ko'ra, saundtrekni tasvirga olish jarayonlari a'lo darajada o'tgan va Valeriya bilan ishlash unga juda yoqqan.

Eslatib o'tamiz, mazkur filmda Yulduz Rajabova, Ra'no Shodiyeva, Karim Mirhodiyev, Farhod Abdullayev va boshqa bir qator mahoratli aktyorlar jamoasi bosh rollarni ijro etishgan. Shuningdek, turk aktyori Murat Yildirim hamda Rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaev ham filmda ishtirok etgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 04.10.2018 / 20:28
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™