Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
AQSh poytaxti Vashingtonda "Islomxo'ja" tarixiy badiiy-publitsistik filmi taqdimoti bo'lib o'tdi
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 27-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Islomxo'ja” nomli tarixiy badiiy-publitsistik filmining taqdimot marosimi o'tkazilgan edi. Kinokartina o'zbek kino ixlosmandlari tomonidan sevib tomosha qilinmoqda.

“O'zbekkino” milliy agentligi tashabbusi bilan bir guruh o'zbek kinoijodkorlari guruhi, jumladan rejissyor Jahongir Ahmedov, operator Jahongir Ibragimov hamda “O'zbekkino” milliy agentligi xalqaro aloqalar xizmati rahbari G'olib Ne'matovlar Amerika Qo'shma Shtatlariga yuborilgan edi. Ular safar davomida AQSh poytaxti Vashington shahrida “Islomxo'ja” tarixiy badiiy-publitsistik filmining premyerasi o'tkazishdi.

Premyerada AQShdagi diplomatik korpus vakillari, tadbirkorlar, kino va adabiyot namoyondalari ishtirok etishdi. Tadbirni O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov ochib berdi.

Eslatib o'tamiz, "Islomxo'ja" filmida bosh rollarni Asal Shodiyeva, Ulug'bek Qodirov, Alisher Uzoqov va boshqa bir qator xalqimiz sevgan aktyor va aktrisalar ijro etishgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 04.10.2018 / 20:31
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™