Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan mehribonlik uyida konsert uyushtirildi
Xlebushkina nomli 22-mehribonlik uyida bayram kontsert dasturi tashkil qilindi. Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan bir nechta tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan homiylik konsert dasturi mehribonlik uyi bolalari uchun ajoyib bayram tuhfasi bo'ldi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san'atkorlar, yozuvchi va shoirlar, Mehribonlik uyi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Jumladan, O'zbekiston xalq shoirlari Mahmud Toir, taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mehrinoz Abbosova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Alisher Fayz, xonandalar Bahrom Nazarov, Vohidjon Isoqov, Jasur Umirov va boshqa xonandalar bu kontsertga o'z hissalarini qo'shdilar.

San'atkorlar tomonidan mamlakatimizdagi Mehribonlik uylarini ma'naviy otaliqqa olinishidan maqsad yoshlarni san'at, ijodkorlikka keng jalb qilish orqali ularning didini, ma'naviyatini tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dodini yuzaga chiqarishga ko'maklashish ko'zda tutilgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 04.10.2018 / 20:32
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™