Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Benom guruhi uzoq kutilgan konsertini xalqimizga namoyish qildi
Shu kunlarda bir nechta manzillarda "Chunki bu biz" kino konserti bilan mehmon bo'layotgan Benom guruhi vakillari Sarvar va Komil muxlislari e'tiboriga uzoq kutilgan "Bir muhabbat qissasi" kino konsertini internet tarmoqlari orqali taqdim qildi.

Bugungi kungacha xalqimiz tilidan tushmagan ushbu omadli dasturdan o'nlab manzillarda tomoshabinlar bahramand bo'lishdi. Har bir tomoshabinning xotirasida yorqin lahzalar bilan muhrlangan kino konsertdan siz ham bahra oling.

Jonli ijrodagi ushbu anshlag konsertdan so'ng "Chunki bu biz" kino konserti bilan joriy yilda ham barchani hayratlantirgan guruh vakillari xalqimizni quvontirish, ularga unutilmas onlarni hadya etish niyatida tinimsiz harakat qilishmoqda.

Yaqin kunlarda kutilayotgan ijodiy yangiliklar, olib borilayotgan suratga olish ishlari, so'zimizning isbotidir.

Benom guruhiga omad tilaymiz va "Bir muhabbat qissasi" kino kontsertini tomosha qilishga chorlaymiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 09.10.2018 / 20:37
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™