Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Shahzodaning "Shunchaki" klipini davomi suratga olindi
Maftunkor Shahzoda yaqindagina "Men o'sha" taronasi bilan xalqimizni quvontirgandi. Qisqa fursatda muxlislar orasida ommalashib, tinglovchilar qalbini zabt etgan bu qo'shiq uchun videoklip suratga olindi.

"Men o'sha" klipi, xonandaning "Shunchaki" klipining davomi sifatida yaratilmoqda. "Shoxona Creative Group" tomonidan tasvirga tushirilayotgan video asar rejissyorlari Sarvar Azimov va Komil Fozilov. Klip trek va syujetdan iborat. Unda bosh rollarni Jamshid Isaxo'jaev va Ziyoda Xudoyqulova ijro qilmoqda.

Liboslar bo'yicha rassom Hilola Sher, stilist - vizajist Renata Iskandarova. Syomka jarayonlari poytaxtimizning turli go'shalarida bo'lib o'tdi. Klip premyera oktyabr oyining so'ngida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Men o'sha" qo'shig'i Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yozilgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 11.10.2018 / 20:43
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™