Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ali Otajonov yangi qo'shig'ini premyera qildi
Bir necha kun oldin, ustoz san'atkor Nasiba Abdullayevaning repertuaridan bo'lgan "Ko'rgim kelar" taronasini qayta kuylab, xalqimizga taqdim qilgan xonanda Ali Otajonov, oradan ko'p o'tmay, muxlislarini yana yangi ijod namunasi bilan xushnud qildi. Qo'shiq "Mana mana" deb nomlanadi.

Yetakchi radioto'lqinlar orqali jarang sochgan mazkur kompozitsiya kutilganidan ham a'lo darajada qarshi olindi.

Xonanda bu musiqiy asarni yaratishda bir nechta ijodkorlar bilan hamkorlik qildi. Jumladan, Jasur Kenjayev, Muslim Ali, Otabek Zokirov, Otabek Jo'rayev.

Ali Otajonov ijrosidagi ushbu qo'shiq muxlislar qalbidan alohida o'rin egallashi shubhasiz. O'zingiz tinglang va baho bering.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.10.2018 / 20:16
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™