Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ummon guruhidan tez kunda yangi videoklip
Bir necha kun oldin Ummon guruhi "Yig'lama yurak" nomli qo'shig'ini taqdim qilgan edi. Qisqa vaqt ichida yoshlarimiz orasida ommalashishga ulgurgan tarona uchun guruh vakillari videoklip suratga oldirishdi.

Klip mahoratli klipmeykerlardan biri Dilmurod Agzamov rejissyorligida suratga olindi. Tasvirchi o'z ishining yetuk mutaxassisi Rustam Murodov. Klipni tasvirga olish jarayonlari ikki kun mobaynida bo'lib o'tdi. Syomka poytaxtimizning turgi go'shalarida o'tkazildi.

Yaqin kunlarda premyera qilinishi rejalashtirilgan mazkur klipni Ummon guruhi muxlislari allaqachon sabrsizlik bilan kutishni boshlab yuborishdi. Hozircha kutamiz va kuzatamiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 13.10.2018 / 20:17
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™