Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ulug'bek Rahmatullayev yana bir yangi qo'shiq yozdi
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ulug'bek Rahmatullayev noyabr oyida bo'lib o'tadigan "Yurak" nomli konsert dasturiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. U kutilayotgan konsertda bir nechta yangi qo'shiq premyera sifatida ijro qilishni maqsad qilgan. Shu sababli u, kun-u tun ovoz yozish studiyasida yangi ijod namunalarini yaratish bilan band.

Kuni kecha xonanda "Shukur" nomli qo'shiqni yozib tugallagani haqida ma'lum qildi. Shuningdek, bir necha yillar avval kuylagan, xalqimiz sevgan qo'shiqlaridan birini yangicha talqinda kuyladi. Bu qaysi tarona ekani konsert dasturida bilib olasiz.

Eslatib o'tamiz, xonanda yaqinda "Dilam" klipini taqdim qilgan#edi. Shu kunlarda esa "Bemehrginam" videoklipini premyera qilinishi kutilmoqda.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 16.10.2018 / 21:30
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™