Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Yulduz Usmonova Shukurillo Isroilov Jizzaxdagi muruvvat uyida konsert dasturini taqdim qildi
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hamda “O'zbekkonsert” davlat muassasasi yana bir xayrli ishga qo'l urgani, shahrimizda va viloyatlarda joylashgan mehribonlik va muruvvat uylarini taniqli san'atkorlar tomonidan o'z xohishiga ko'ra otaliqqa olayotgani haqida xabar bergan edik.

Xalqimiz suyugan xonanda O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Bahrom Nazarovlar bir necha kun oldin shahrimizdagi Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilari huzurida bo'lishgani barchaga ma'lum.

Kuni kecha ana shunday uchrashuvlardan biri Jizzax viloyati Zomin tumani, Yom qishlog'ida joylashgan “Ayollar” muruvvat uyida bo'lib o'tdi. Bunda O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va qiziqchi Shukurullo Isroilovlar ishtirok etishib, o'zlarining konsert dasturlari bilan barchaning ko'ngilini quvonchga to'ldirishdi. Uchrashuv so'nggida muruvvat uyiga sovg'alar tuhfa etishdi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 16.10.2018 / 21:31
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™