Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Kuz mavsumi birinchi yarmining eng yaxshi filmlari top beshtaligi
Kuz mavsumining birinchi yarmiga qadar turli janrlardagi filmlar xalqimizga taqdim etildi. Shu kunlarda yurtimiz kinoteatrlarida bir qator kartinalar namoyish qilinmoqda. Ular orasida tomoshabinlarni o'ziga jalb qilgan kinofilmlar talaygina. Biz ana shunday talabgor filmlarning top beshtaligini sizlar bilan bo'lishishni lozim topdik.

Alisher Navoiy nomli Kinosaroyi Matbuot xizmatining 2018-yil 16-oktyabr holatiga ko'ra bergan ma'lumotlari asosida tuzilgan top 5 kinoreyting natijalari quyidagicha:

5-o'rin. "Temur" filmi
Bu film rejissyori Nodir Mo'minov, unda bosh rollarni Alixan, Mirza Azizov, Ra'no Zokirova, Ma'ruf Otajonov, Behzod Muhammadkarimov, Rixsi Ibrohimova va boshqalar bosh rollarni ijro qilishgan. Filmga qo'shni mamlakatlardan ham aktyor va aktrisalar taklif etilgan.

4-o'rin. "Nayrang filmi
Bu film rejissyori Laziz Ashuraliev. Unda Dilshod Mirzamurodov, MuhammadIso Abdulxayirov, Murod Rajabov bosh rollarni ijro qilishgan.

3-o'rin. "Jonimga tegding jonim" filmi
Kartina Murod Inog'omov rejissyorligida tasvirga tushirilgan. Unda bosh rollarni Azamat Axrorov, Muborak Xodjaeva, Shoxida Ismoilova, Hamid Toshpo'latov, Bekzod Muhammadkarimov, Xosiyat Xusanova ijro qilgan. Kartina komedik melodramma janrida yaratilgan.

2-o'rin. "Millioner kelin" filmi
Bu kartina Otabek Mirzaxolov rejissyorligida tasvirga olingan bo'lib, unda Dilshod Mirzamurodov, Murod Rajabov, Saida Rametova, Ahmad Temurov, Behruz Tohirov bosh rollarni ijro etishgan. Qolaversa kartina uchun maxsus saundtrek ham yozilgan. Saundtrek ijrochisi ajoyib iste'dod egasi Istora Hamroqulova.

1-o'rin. "Maqsad" filmi
Film rejissyori Rustam Meliev, unda bosh rollarni Seydulla Moldaxanov, Tohir Saidov, Bobur Yo'ldoshev, Shahzoda Matchonova, Yulduz Rajabova, Nigora Karimboeva, Anvar Kartaev va Jamshid Asadovlar ijro qilishgan. Kartina Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ko'magida suratga olingan bo'lib u detektiv-triller janrida.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 16.10.2018 / 21:33
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™