Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nilufar Usmonovadan uzoq kutilgan qo'shiq va klip premyerasi
Xalqimiz sevgan san'atkor Nilufar Usmonovaning so'nggi ijodiy yangiliklari haqida bir necha kun oldin xabardor qilgan edik. Bugun u yana bir yangi ijod namunasini xalqimizga armug'on qildi. Tarona "Alamlarim" deb nomlanadi.

Musiqiy asar bundan uch yil oldin Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yozilgan. Kompozitsiya yurtimizning yetakchi radioto'lqinlari orqali jarang sochdi va jonli efirlarda iliq hamda ijobiy fikrlar bilan kutib olindi. Shu bilan birga teleekranlar orqali ushbu qo'shiqqa ishlangan videoklip premyerasi ham bo'lib o'tdi.

Klip xonandaning doimiy hamkori Sarvar Isayev rejissyorligida suratga olingan. Tasvirchi Rustam Murodov. Klip trek uslubida bo'lishiga qaramay, unda bosh qahramon ham mavjud. Bu ijodkorning ismi Muhammadali. Uning bu klip orqali san'at olamida ilk qadamini qo'ydi desak aslo yanglishmaymiz.

Nilufar Usmonova klipda 3 xil obrazda namoyon bo'lgan. O'ylaymizki, qo'shiq ham klip ham muxlislar qalbidan munosib joy egallaydi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 23.10.2018 / 20:54
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™