Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Salom rashk" filmining premyerasi bo'lib o'tdi
26-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida "Salom rashk" filmining premerasi bo'lib o'tdi. Film taqdimotiga ko'plab san'at vakillari, rejissyorlar, muxlislar va OAV vakillari qatnashishdi.

Film oilaviy komediya janrida bo'lib, u Begzod Joniyev rejissyorligida suratga olingan. Kartinada bosh rollarni Aziz Rametov, Sevara Soliyeva, Shahlo Zoirova, Said Muxtorov, Saida Rametova, Hamid Toshpo'latov, Mashxura Zulfiqorova va boshqalar ijro qilishgan.

Film premyerasining badiiy qismida odatga ko'ra ijodkorlar sahnaga taklif qilindi va tomoshabinlarga kadr oldi va kadr ortida ishlagan har bir ijodkor birma bir tanishtirildi.

Oila muqaddas, unda vafo va ishonch muqarrar. Ammo rashk... Film qahramonlari Ahmad va Nodira, Zaynab va Qobil. Bu ikki oilani nima bog'lab turadi, qo'shnichilikmi yoki... Bu savolga albatta filmni tomosha qilib javob olishingiz mumkin.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 27.10.2018 / 20:19
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™