Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Shahzoda La-liganing O'zbekistondagi elchisiga aylandi
28 oktyabr kuni Professional Futbol Ligasi hamda La-liga hamkorligi doirasida poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda yurtimizda ilk bora "Ommaviy El Klasiko" tomoshasi bo'lib o'tdi. Tomoshadan oldin El-Klasikoga bag'ishlangan katta bayram bo'lib o'tkazildi.

Shou dasturning boshlanishida yurtimizga mehmon bo'lib kelgan La-liga elchisi Luis Garsiya akademiya o'quvchilari uchun mahorat darsini o'tib berdi. Tadbir doirasida Professional Futbol Ligasi La liganing O'zbekistondagi elchisini tayinladi. Unga ko'ra elchi qilib, maftunkor Shahzoda e'lon qilindi va La-liga elchisi Luis Garsiya tomonidan maxsus sertifikat topshirildi. So'ngra tomoshabinlar La-liganing O'zbekistondagi elchisi xonanda Shahzoda ishtirokidagi konsert dasturidan bahramand bo'ldilar.

Undan keyin muhlislar yaqin o'tmish o'zbek futbolchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokidagi futbolga guvoh bo'ldilar. Uchrashuv shunga yarasha jangovar hisobda yakunlandi - 8:8. Ularga sovrin tariqasida La-liganing yangi kubogi vaqtinchalikka topshirildi. So'ngra ular kechaning kulminatsion nuqtasi bo'lgan Ispaniya grandlari “Barselona” va “Real Madrid” klublari o'rtasidagi El-Klasikoni katta ekranda tomosha qilishdi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.10.2018 / 20:05
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™