Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Scorpion" filmining namoyishi boshlanadigan sana ma'lum bo'ldi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan "Scorpion" filmi 27-30-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan "Prologue" xalqaro kinofestivali doirasida premera qilinishi rejalashtirilgani ko'pchilikka sir emas. Uzoq vaqt davomida suratga olingan film hali katta ekranlarga chiqmasidanoq shov-shuvlarga sabab bo'ldi.

Avvaliga mashxur turk aktyori Murat Yildirimning ushbu kartinada rol ijro etgani barchani hayratlantirdi. So'ng film uchun Rossiyalik taniqli xonanda Valeriya mazkur kartina uchun saundtrek kuyladi. Mazkur filmni sabrsizlik bilan kutayotgan kino ixlosmandlari uchun yana bir yangilik. Mazkur kino asarning katta ekranlarda namoyishi boshlanadigan sanasi ma'lum bo'ldi. "Scorpion" filmini 1-dekabrdan boshlab, yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, mazkur filmda Yulduz Rajabova, Ra'no Shodiyeva, Karim Mirhodiyev, Farhod Abdullayev va boshqa bir qator mahoratli aktyorlar jamoasi bosh rollarni ijro etishgan. Shuningdek, turk aktyori Murat Yildirim hamda Rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaev ham filmda ishtirok etgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 03.11.2018 / 20:10
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™