Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Istanbullik milliarder" filmining premyerasi bo'lib o'tdi
9-noyabr kuni kino ixlosmandlari uzoq kutgan "Istanbullik milliarder" filmining premyerasi bo'lib o'tdi. Komediya janrida ishlangan bu kartinaning ilk namoyishi ko'ngildagidek o'tdi.

Taqdimotning badiiy qismini Otabek Mahkamov ochib berdi va olib bordi. Sahnaga film ijodkorlari taklif etilib birma bir ommaga tanishtirildi. Shundan so'ng film katta ekranda namoyish etildi.

Film ijodkorlariga to'xtaladigan bo'lsak, rejissyor Ozod Shams, prodyuser Ruslan Mirzayev. Unda bosh rollarni Muhammadiso Abdulxayirov, Sitora Alimjonova, Asqar Hikmatov, Vazira Yunusova va boshqalar ijro etgan. Ssenariy muallifi Feruza Fattohova va Saida Vahobova. Film Toshkentda va Istanbulda tasvirga olingan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 10.11.2018 / 20:31
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™