Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Munisa Rizayevaning yakkaxon konserti kunlarini ma'lum qildi
Estradamiz yulduzi Munisa Rizayeva joriy yilda konsert taqdim etishni rejalashtirmagan edi. Biroq, ko'p sonli muxlislarining talab va istaklariga binoan konsert berishni lozim topdi. Bugun kutilayotgan konserti kunlarini ma'lum qildi. Dekabr oyining 24-25-kunlari poytaxtimizda joylashgan "Navro'z" restoranida, jonli ijroda bo'lib o'tadigan dastur "Yangi yil ertagi" deb nomlanadi.

"Bu yil konsert o'tkazish rejamda yo'q edi. Ammo ko'p sonli iltimoslardan so'ng yo'q deya olmadim. Bu safar konsertni noodatiy o'tkazishga qaror qildim. Sizlarga jonliroq, iliqroq va bayramona biror nima qilmoqchi bo'ldim. Sizlar uchun maxsus sovg'a tayyorlayapman. Kostyumlashtirilgan myuzikl. U yerda nafaqat kuylayman, balki, o'ynayman ham, sizlarga yangi yil shukuhini baxsh etaman. Sizni furshet stoli va ajoyib musiqa, Qorbobo va boshqa sovg'alar kutadi." - deydi xonanda bergan ma'lumotida.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 20.11.2018 / 20:05
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™