Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Zohid yangi klipini taqdim qildi
Ummon guruhining sobiq a'zosi Zohid yakkaxon xonanda sifatida o'z faoliyatini olib borayotgani barchaga ma'lum. U xalqimizni quvontirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Kuni kecha u qaynoq ijod namunalaridan birini tomoshabinlarga havola qildi. Bu uning "Qaydasan gulim" nomli qo'shig'i uchun ishlangan videoklipidir.

Trek va syujetdan iborat bo'lgan mazkur klip Sanjar Matkarimov rejissyorligida tasvirga olingan. Operator Jahongir Ibragimov. Bosh rolni yosh ijodkorlar Shaxboz Maxmudov va Aziza ijro qilgan.

Umid qilamizki, Zohidning mazkur klipi xalqimizga yoqadi va muxlislar qalbidan alohida joy egallaydi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 20.11.2018 / 20:06
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™