Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Vasiyat" filmini qarshi olishga tayyormisiz?
Rejissyor Said Muhtorov tomonidan suratga olingan "Vasiyat" filmining premera kuni ma'lum bo'ldi. Filmning keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan premyerasi 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo'lib o'tadi.

Mazkur filmda o'zbek kino olamining eng reytingi baland aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan. Filmda O'zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, Javohir Zokirov, Dilnoza Kubayeva, Ulug'bek Qodirov, Zarina Nizomiddinova, Sitora Farmonova, Said Muhtorov, Luiza Rasulova singari aktyor va aktrisalarni ko'rishingiz mumkin.

Real voqealarga asoslangan filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2017-yildan boshlangan bo'lib, filmning montaj jarayonlari 2018-yilning noyabr oyida nihoyasiga yetdi.

Filmni 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo'lib o'tadigan premyerasiga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 20.11.2018 / 20:08
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™