Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Shahzoda "Men o'sha" klipini premyera qildi
Maftunkor Shahzodaning "Men o'sha" taronasini xalqimiz iliq kutib olgani va qisqa fursatda muxlislarning eng sevimli qo'shiqlaridan biriga aylangani sir emas. Avvalgi yangiliklarimizda aytib o'tganimizdek, mazkur kompozitsiya uchun xonanda videoklip tasvirga oldirdi.

Shahzoda bugun ushbu videomahsulotni premyera qildi. Mazkur klip xonandaning "Shunchaki" nomli qo'shig'iga ishlangan klipning davomi hisoblanadi. Unda "Shunchaki" klipining qahramonlari bosh rolni ijro qilishgan va ularning taqdiri qanday yakun topgani "Men o'sha" klipida tasvirlangan.

"Shoxona Creative Group" tomonidan tasvirga tushirilgan video asar rejissyorlari Sarvar Azimov va Komil Fozilov. Klip trek va syujetdan iborat. Unda bosh rollarni Jamshid Isaxo'jayev va Ziyoda Xudoyqulova ijro qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Men o'sha" qo'shig'i Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yozilgan.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 20.11.2018 / 20:09
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™