Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Lola yangi videoklip suratga oldirmoqda
Latofatli Lola muxlislari uchun ajoyib sovg'a tayyorlamoqda. Qanday sovg'a deysizmi? Lola bugun yangi qo'shig'i uchun videoklip suratga olishni boshladi. Tarona "Qaytmayman" deb nomlanadi. Mazkur musiqiy asar uchun tasvirga olinayotgan klip takrorlanmas syujetni o'z ichiga olgan.

Bu safar u rejissyorlik mas'uliyatini ham o'z zimmasiga oldi. Ssenariy muallifi ham Lola. Ijodiy guruhga esa xonanda bir necha yil oldin ishlagan ijodkorlarni taklif qilishni lozim topdi. Ulardan biri Jasur Shametov. U bu klipda operator vazifasini bajarmoqda.

Bosh rollarda esa Umid Iskandarov va Anastasiya Kovba. Ma'lumki, Lola Umid Iskandarov bilan ham hamkorlikda ishlagan. Bir necha yillardan so'ng bu aktyorni uning klipida ko'rasiz. Tasvirga olish ishlari bir necha kun davom etadi.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 22.11.2018 / 20:16
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™