Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nilufar Usmonova: “Turkvision tanlovida jonli ijro bo‘yicha tajribasizligim pand berdi”
Nilufar Usmonova “Shov-shuv” nashriga bergan intervyusida Turkvision tanlovi haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Turkiyada bo‘lib o‘tgan Turkvision 2013 Xalqaro qo‘shiq tanlovida hamyurtimiz Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini himoya qilgan, tanlovning 21-dekabr kuni o‘tkazilgan final bosqichida Nilufar jami 12 o‘rindan 11-siga loyiq deb topilgan edi.

Tanlovda g‘alaba qozona olmagani haqida gapirar ekan, Nilufar unga qaysi o‘rin berilgani muhim emasligi, kimning qanday darajada iste’dod egasi ekanini tadbirni kuzatgan 300 million xalqning o‘zi belgilab olganini ta’kidladi. “Tanlov men uchun katta dars bo‘ldi”, — dedi xonanda.

Shuningdek, Nilufar Usmonova Turkvision’da jonli ijro bilan ba’zi bir muammolarga duch kelganini ham yashirmadi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir repetitsiyada bir qo‘shiqni 8 marotabalab jonli kuylashi natijasida ovoziga ziyon yetgan. “To‘g‘risini aytsam, biz to‘ylarda fonogrammadan foydalanishga o‘rganib qolganmiz. Shu sababli jonli ijroda kuylash bo‘yicha tajribasizligim pand berdi”, — dedi u.

“Nilufar Usmonovaning Turkvision’dagi mag‘lubiyatiga uning o‘ziga va ovoziga mos qo‘shiq tanlanmagani sabab bo‘ldi. Tanlovda kuylangan “Unutgin” qo‘shig‘i Nilufarning mahoratini ochib bera olmadi”, — degan fikrlarga nisbatan xonanda baribir birinchi o‘rinni ololmasligini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, tanlov ishtirokchilari hali biron joyda kuylanmagan qo‘shiqni ijro etishi kerak bo‘lgan. Tanlovda qatnashadigan qo‘shiqni tashkilotchilarning o‘zi nomzodlar oldindan yuborgan ijod namunalari orasidan tanlab bergan. Bundan tashqari, “birinchi kundan (jonli ijro natijasida) ovozim ketib qolgandi”, — dedi Nilufar.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:13
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™