Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nargiz Zokirova sahifasi ruscha “Vikipediya”da eng ko‘p o‘qilgan sahifa bo‘ldi
Onlayn ensiklopediya bo‘lmish “Vikipediya”ning ruscha talqinida bugun hisobidan eng ko‘p ko‘rilgan sahifa Nargiz Zokirovaga tegishli bo‘ldi. Statistik ma’lumotlar sahifaning 23 719 marta o‘qilganini ko‘rsatmoqda.

Ruscha “Vikipediya”ning eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalari o‘ntaligidan “Golos” teleloyihasi (4-o‘rin) va shu loyihaning finalistlaridan yana biri Gela Guralia (7-o‘rin) haqidagilari ham o‘rin olgan. Ular o‘z navbatida 12 687 va 9470 marta ko‘rilgan.

Ushbu ro‘yxatning 2-pog‘onasida “Xobbit” filmining ikkinchi qismi (13 122 marta ko‘rilgan), 3-o‘rnida Kalashnikov avtomati konstruktori Mixail Kalashnikov (12 784), 6-o‘rnida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i (11 132) sahifalari joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, 27-dekabr kuni “Golos” teleshousining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Nargiz Zokirova ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:14
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™