Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
2013-yilning eng zo'r kliplari: Top-5
Yil yakunlanishi arafasida, albatta, barcha sohalarda yil sarhisobi keltiriladi. Biz ham 2013-yilning eng yaxshi kliplari Top-5 taligini e'tiboringizga havola etamiz.

Aytish kerakki, ushbu reytingni tuzishda YouTube internet videoxosting xizmatidan olingan ma'lumotlardan foydalandik. Eng ko'p tomosha qilingan kliplar adolatli ravishda Top-5 taligimizdan joy oldi.

YouTube internet videoxosting xizmatini ko'rib chiqib, reytingimizning 5-pog'onasini Munisa Rizaeva va Botir Qodirov ijrosidagi “Dema dema” qo'shig'iga suratga olingan videoklip egallashiga ishonch hosil qildik. Qarangki, mazkur klipni olti oy davomida 420 mingdan ziyod tomoshabinlar ko'rib chiqqanlar.

Top–5 taligimizning 4-o'rnida Shohjahon Jo'raev ijrosidagi “Yayra” qo'shig'ining klipidir. Ma'lumotlarga ko'ra, xonandaning ijod samarasini 6 oy davomida 550 mingdan ortiq muhlislar tomosha qilganlar.

3-o'rinni “Bojalar” guruhining “Bahoru yozda” taronasiga ishlangan klip egalladi. Estradamizning quvnoq yulduzining g'oyasi va ... ko'proq yuz ifodasi tasvirlangan klipni 7 oyda 570 mingdan ziyod tomshabinlar ko'rib chiqqanlar.

2-o'rin Ulug'bek Rahmatullaevning “Sog'inib” qo'shig'ining klipiga nasib etdi. Sig'inch ohanglariyu tasvirini o'z ichiga olgan ushbu klip 6 oy davomida 1 million 50 mingdan ortiq muhlislar e'tiborini tortgan.

Nihoyat 1-o'rin! Top 5 taligimizning yuqori o'rnini 5 oy ichida 1 mln. 250 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomosha qilgan maftunkor Shahzodaning “Chikko” qo'shig'iga ishlangan klipi joy olgan. Sof tuyg'ular, cheksiz baxt ifodalangan mazkur klipning muhlislari ko'pligidan boshimiz ko'kka yetdi!

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:17
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™