Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
"Popcorn" taqdimoti tantanali ravishda o'z egalariga topshirildi
25 oktyabr kuni www.popcorn.uz sayti "Tarona Records" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Yoshlar tanlovi" shiori ostida "PopCorn" taqdimot marosimini tantanali ravishda o'tkazdi. Muxlislar, tomoshabinlar bu kunni intizorlik bilan kutishayotganini guvohi bo'ldik. Zal liq to'la odam.

Estradamizning barcha yorqin yulduzlari o'rindiqlarning eng oldi qatorlaridan joy egallashgan. Hammada his-hayajon kuchli... va nihoyat zar pardalar ko'tarildi sahnada “O'zbegim taronasi” radiosining eng quvnoq boshlovchilari Ra'no Alimova va Jamshid Xojiniyozovlar mazkur marosimni ochiq deya e'lon qildilar.

Saxna markaziga o'rnatilgan katta monitorda eng ko'p ovozlarni jamlagan eng yaxshi videokliplar ijrochilarining videoroliklari birin ketin namoyish etila boshladi va g'olib bo'lganlar ramziy "PopCorn" statuetkasi bilan taqdirlandi.

Jumladan, “Ummon” guruxi, Zoirbek, Moxim, Umidaxon, “Afruz” guruxi, Bobur Sobirov, Ulug'bek Raxmatullaev, Rayxon, Amira Alibekova, Jaxongir Poziljonov, Shaxzoda, Lola, Munisa Rizaeva, Sardor Rahimxon, Manzura, Sarvar va Komil, Ziyoda, Shoxruhxon, Jasur Gaipov, Nilufar Usmonovalar.

Shu bilan bir qatorda tantanali kechada yana 5 nafar eng ko'p ovoz to'plagan klip ijrochisi ham konsert dasturida o'zining chiqishi bilan muxlislarini xushnud etishdi bulardan “Diyor” guruxi, Shaxlo Axmedova, Dilso'z, Dineyra.

Ayniqsa mahoratli aktrisa Asal Shodievani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon bilan katta sahnada birga aytgan dueti tomoshabinlar uchun katta yangilik bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bundan tashqari boshlovchilarning sahnada o'zlarini erkin tutishlari hamda hazil mutoyibani o'rinli ishlatishlari-yu va har qanday vaziyatdan mahorat bilan chiroyli chiqib ketishlari yig'ilgan mehmonlarni kayfiyatini ko'tardi va konsert dasturiga alohida fayz kiritdi.

Taqdimotning boshida muhlislar va yig'ilgan mehmonlar uchun hayollariga ham keltirmagan syurpriz borligini va u konsert so'nggida e'lon qilishini boshlovchilar alohida ta'kidlab o'tishgan edi. Ha, konsert so'nggiga qadar tomoshabinlar nima ekan deya orziqib kutishgan syurprizlari bu "Bojalar" guruhi solisti, yoshlarning sevimli ijodkori Jaxongir Poziljonov tomonidan aytilgan "Baqaloqlar" deb nomlangan premyera tarona va unga ishlangan hali hech qaerda ketmagan videoklip edi. Albatta, nafaqat bu tarona, balki Jahongir Poziljonovning sahnadagi ko'rinishi, yonidagi raqqos yigitlar o'tirganlarga yuqori kayfiyat bag'ishlab barchani raqsga chorladi.

"PopCorn" taqdimot marosimi tugagach konsert zalini tark etayotgan nafaqat tomoshabinlar balki san'atkorlarimizni ham yuzidagi tabassum, quvonch va o'zgacha his hayajon sezilib turardi.

Yana bir bor "PopCorn" taqdimoti bilan barcha g'oliblarni muborakbod etamiz!

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 27.10.2014 / 06:02
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™