Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Sardor Rahimxon o'z muhlislariga tuhfa tayyorladi
Yuzidan nur yog'ilib turadigan xonandamiz Sardor Rahimxon so'nggi bor 2009 yilda konsert dasturini taqdim etgan edi. San'at ixlosmandalari xonandadan navbatdagi tuhfani orziqib kutdilar.

4 yildan beri ijodkorning yana konsert o'tkazishi haqida xabar bo'lmadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali san'atkorga ijod borasidagi savollar ketma-ket yog'ildi va nihoyat yaqindagina Sardor Rahimxon tomonidan javobni qo'lga kiritdik.

2014 yilning 6-7 fevral kunlari “Istiqlol” san'at saroyida “Tanhoginam” deb nomlangan konsert dasturini muhlislar e'tiboriga xavola etadi. Konsertda ijodkorning 4 yil davomida ijro etgan kuy-qo'shiqlari, shuningdek, 10ga yaqin yangi taronalari jarang sochadi. Rang-barang raqs dastalari, zavqu shavqqa to'la shou tomosha, qiziqchilar sovg'asi konsertni yanada go'zal va unutilmas etsa ajab emas. Konsertda jonli ijrodan ham bahramand bo'lishingiz mumkin. Bu gal qanday tomoshaning guvohi bo'lamiz? Buni konsertdabilib olamiz.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:34
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™