Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
3-fevral kuni Nyusha Toshkentda konsert beradi
2014-yilning 3-fevral kuni Rossiya estradasining yorqin yulduzlaridan biri Nyusha Toshkentda konsert beradi. Bu haqda “Shov-shuv” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, konsert dasturi O‘zbekistonning Art Modern Music kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmoqda. “Xalqaro toifadagi prodyuser” deya ta’riflangan Feruza Murodova shou tashkilotchilaridan biri sifatida tilga olingan.

“Art Modern Music xorij yulduzlari konsertlarini tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi”, — deyiladi xabarda. Demak, kelajakda boshqa jahon san’atkorlari ham yurtimizga tashrif buyursa ajab emas.

Nyushaning konserti poytaxtimizning “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Xonandaning rasmiy saytida uning gastrol safarlari ro‘yxati joylashtirildi. Unda 3-fevral kuni Nyushaning Toshkentda bo‘lishi o‘z tasdig‘ini topdi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:35
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™