Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Xabar.Org - Olam yangiliklari
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Manzura - "Afrika malikasi"!
Hayoti, ijodi, imidj, qo'shiqlarida turlicha yangiliklarni qo'llashni xush ko'radigan Manzura o'z an'anasiga sodiq qoldi. U yangi obraz yaratishga bel bog'lagan.

Poytaxtimizda 29 dekabrdan 5 yanvargacha o'tkaziladigan kichkintoylarning sevimli tadbiri “Prezident archasi”da Afrika Malikasi rolini ijro etadi.

"Avvalgi tomoshalarda salbiy rolni ijro etgan xonanda ijobiy obrazni namoyon etishni qay darajada uddalarkan?" savoli muhlislarga tinchlik bermayapti. Sizni ishontirib aytishimiz mumkinki bu rolga bor kuchini, bor mehrini bag'ishlaydi. Chunki bizga etib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Manzura repetisiya jarayoniga bir soat avval kelib, rolining ustidan tinmay mashq qilayotgan ekan. Afrika Malikasi o'zining shaddodligi, xushtabiatliligi bilan bolalarga quvonch xadya etib, ezgulik sari undaydi. Ijodkor ana shu obraz orqali ham o'zining yangi qirralarini kashf etish istagida.

Manba: www.popcorn.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 01.01.2014 / 17:37
Bosh sahifaga
© 2014-2018, Yulduz.Asia™